"Inter"ning "Barsa" darvozasiga urgan goli mikroofsayd tufayli bekor qilindi.

"Barselona" Chempionlar Ligasi yarim finalida "Inter" bilan o'ynadi (3:3).

75-daqiqada Denzel Dyumfris o'ng qanotdan diagonal uzatmani amalga oshirdi. To'p jarima maydonining uzoq burchagiga borib tushdi, u erdan Mxitaryan to'pni darvozaga yo'lladi.

Armanistonlik futbolchi o'yindan tashqari holatda bo'lgani uchun to'p bekor qilindi. "Inter" xavbeki butsasining uchi ofsaydda qolib ketdi.