Rafinya "Inter" bilan o'yinda assistentlik qilmoqda.

"Barselona" vingeri EChL yarim finalidan o'rin olgan "Inter"ga (3:3) qarshi o'yinning 38-daqiqasida Ferran Torresga golli pas berdi - ispaniyalik futbolchi o'yinda hisobni tenglashtirdi.

Rafinya joriy mavsumda 51 o'yinda gol+pas tizimida 54 (30+24) ochko jamg'argan.

Braziliyalik futbolchi Chempionlar Ligasining eng yaxshi assistenti (7) hisoblanadi. Rafinya turnir to'purarlari ro'yxatida ikkinchi (12), "Borussiya" a'zosi Seru Girassidan bir to'p farqi bilan ortda qolmoqda.