Frantsiya terma jamoasi va Londonning “Arsenal” klubi sobiq hujumchisi Terri Anri UEFA Chempionlar ligasi nimchorak finalida “Barselona” va “Inter”ning ilk uchrashuvidan (3:3) keyin safardagi gol qoidasi bekor qilingani haqida gapirdi.

"Yangi qoidalarni qabul qilishimiz kerak. Lekin qanday qilib mehmonda 3:3 hisobi bilan o'ynab, hech qanday ustunlikka ega bo'lmaysiz? Ilgari mehmondagi gollar juda muhim edi. Ammo keyin siz uchta gol urasiz va javob o'yinida hech qanday ustunlikka ega bo'lmaysiz. Hamma narsa noldan boshlanadi", - deydi frantsuz.

"Inter" va "Barselona" o'rtasidagi javob uchrashuvi keyingi hafta Milanda bo'lib o'tadi.