Ditmar Xamann Lamin Yamalni asr futbolchisi deb atadi.

Chempionlar ligasining birinchi yarim finalidan o'rin olgan "Barselona" – "Inter" uchrashuvida (3:3) kataloniyalik vinger o'yinning 24-daqiqasida raqib darvozasini ishg'ol qildi.

"Lamin Yamalning qilayotgan ishi aqlbovar qilmas darajada, u asr futbolchisi.

17 yoshida Yamal "Barselona" tarkibida allaqachon 100 ta o'yin o'tkazgan. G'ayrioddiy bola.

U qilayotgan hamma narsa aql bovar qilmaydigan darajada izchil. Bu ajoyib", - dedi "Bavariya"ning sobiq yarim himoyachisi.