Mark-Andre ter Shtegen "Barselona" asosiy tarkibiga qaytadi.

Darvozabon La Liganing 34-turidan o'rin olgan "Valyadolid"ga qarshi o'yinda jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushadi. Bu haqda Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xansi Flik ma'lum qildi.

Mark-Andre ter Shtegen tizzasidan olgan jarohati tufayli 2024 yilning sentyabr oyidan beri maydonga tushmayapti.

Joriy mavsumda darvozabon chempionatda oltita o'yin o'tkazdi.