6 may kuni tunda "Inter" o'z maydonida "Barselona"ga qarshi EChLning yarim final javob uchrashuvini o'tkazadi.

Ushbu bellashuvdan oldin "Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Sabr-toqat qilishimiz kerak bo'lgan paytlar bo'ladi. "Barselona"ning o'yini shuni anglatadi. Bunday paytlarda muxlislarimiz qo'llab-quvvatlashiga muhtoj bo'lamiz. Bizga ularning ishtiyoqi kerak, lekin o'zimizga xotirjamlik kerak. Hech kim bizni ushbu turnirning favoriti deb hisoblamadi. Biz bu bosqichga etganimizdan juda faxrlanamiz." - dedi Alessandro Bastoni UEFA rasmiy saytiga.