6 may kuni tunda "Inter" o'z maydonida "Barselona"ga qarshi EChLning yarim final javob uchrashuvini o'tkazadi.

Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xansi Flik Lamin Yamal haqida gapirdi.

"Mana sakkiz oydan beri shu erdaman, ular meni bilishadi. Lamin Yamal 17 yoshda daho, bu aql bovar qilmaydi, lekin men uchun eng muhimi - jamoa. Men futbolchilarning eng yuqori saviyada bo'lishini istayman", - dedi "Barselona" bosh murabbiyi.

Ertaga "Barselona" Chempionlar ligasi nimchorak finali javob o'yinini safarda "Inter"ga qarshi o'tkazadi (birinchi o'yin – 3:3).