
Benjamin Pavar "Barselona"ga qarshi o'ynay olmaydi.
Bugun himoyachi Chempionlar ligasi nimchorak finalining javob o'yini uchun "Inter"ning asosiy tarkibidan joy olishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, frantsiyalik futbolchi 27 aprel kuni jarohat olgan to'pig'i sohasidagi og'riq tufayli bugungi mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi. U "Barselona"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi.
"Inter" va "Barselona" uchrashuvi 6 may kuni, Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.
Fikrlar 0