[b]"Barselona" rahbariyati himoyachi Mussa Vageni jamoada saqlab qolishga qaror qildi. "Goal" xabariga ko'ra, 21 yoshli senegallikning xizmatlariga APLdan "CHelsi", "Vest Xem" va "Arsenal" kabi klublar qiziqish bildirgan. Biroq "ko'k-anorranglilar" rahbariyati futbolchini sotib yuborishni istamagan. Futbolchining jamoa bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi. Ushbu mavsumda Vage asosiy jamoa tarkibida 3 o'yinda qatnashdi.[/b]