“Barselona” Chempionlar Ligasida so'nggi uch uchrashuvda g'alaba qozona olmadi. Yarim finalning javob uchrashuvida kataloniyaliklar qo'shimcha vaqtda “Inter”ga 3:4 hisobida mag'lub bo'lishdi.

Undan oldin 1/4 final doirasida “Borussiya”ga 1:3 hisobida yutqazishgan, yarim finalning ilk uchrashuvida esa “Inter” bilan 3:3 hisobida durang qayd etilgan edi.

Shu tariqa, “Barselona” EChLda ketma-ket uchta o'yinda g'alaba o'rnini mag'lubiyat va duranglarga almashtirdi.