Italiya terma jamoasi va Milanning “Inter” klubi sobiq hujumchisi Alessandro Del Pero Lamin Yamalning o'yinlaridan hayratda.

O'tgan yili ispaniyalik o'z mamlakati terma jamoasi bilan Evropa chempionligini qo'lga kiritgan bo'lsa, endilikda “Barselona”dagi o'yinlari bilan jamoatchilikni lol qoldirmoqda.

"Men hech qanday taqqoslashni yoqtirmayman, ayniqsa futbol tarixidagi turli davrlar bilan. Lekin Yamal juda ta'sirli u kattalardek harakat qiladi. Qolaversa, u texnik jihatdan juda qobiliyatlidir", - deya Del Pero so'zlarini keltiradi fcinter1908.it.