"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal Chempionlar ligasi kubogini jamoaga qaytarishga va'da berdi.

"Men bergan va'dani bajaraman va "Barselona"ga Chempionlar kubogini olib kelaman. Bunga erishmagunimizcha to'xtamaymiz", - dedi Yamal.

Javob o'yini 4:3 hisobida qo'shimcha daqiqalarda g'alaba to'pini kiritgan “Inter” foydasiga hal bo'ldi.