Italiyalik mashhur murabbiy Fabio Kapello “Inter” klubining “Barselona” ustidan qozongan g'alabasi haqida gapirdi.

Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvida “Inter” “Barselona”ni 4:3 hisobida mag'lub etdi. Mutaxassisning fikricha, jamoalar ajoyib futbol namoyish etishdi.

"Italiya klubi muvaffaqiyatining siri nimada? Bu hamma bir-biri uchun kurashadigan va hech qachon taslim bo'lmaydigan jamoadir", - deydi Kapello.

"Inter"ning Chempionlar ligasi finalidagi raqibi "PSJ" yoki Londonning "Arsenal" jamoasi bo'ladi.