"Barselona"dan ijaraga olingan "Atletiko Madrid" markaziy himoyachisi Kleman Langle tez orada yana jamoa izlaydiganga o'xshaydi.

Kampaniya davomida “matraschilar” fransuzni o'zida saqlab qolishga tayyor ekanliklari haqida bir necha bor xabarlar paydo bo'ldi, biroq aftidan, bunday bo'lmaydi. Jurnalist Eduardo Burgosning so'zlariga ko'ra, Langle mavsum yakunlanganidan keyin “Atletiko”da qolmaydi. Madridliklar futbolchi bilan kelisha olmadi.

Joriy mavsumda Kleman Diego Simeone jamoasida barcha turnirlarda 32 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. 29 yoshli futbolchining "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.