“Barselona”ning braziliyalik vingeri Rafinya jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning o'z karerasiga ta'siri haqida so'z yuritdi. Uning aytishicha, aynan nemis mutaxassisi ishonch bildirgani uning qarorlarini belgilab bergan.

“Bu klubga kelganimdan beri asosiy maqsadim — faqat mehnat qilish edi. Flik mening kareramni o'zgartirdi. U tayinlanganida men u bilan alohida gaplashmoqchi bo'ldim — qaror qabul qilishimdan avval. U menga qattiq ishondi”, — deya Rafinyaning so'zlarini keltiradi Marca.

Joriy mavsumda Rafinya “Barselona” safida 53 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 32 ta gol va 25 ta golli uzatma bilan jamoa etakchilari qatorida qayd etilmoqda.