Sakkiz karra “Oltin to'p” sohibi, “Inter Mayami” klubining argentinalik hujumchisi Lionel Messi faoliyatiga eng katta ta'sir ko'rsatgan futbolchi nomini aytdi.

"Ronaldino faoliyatimga eng katta ta'sir ko'rsatdi, chunki u meni qabul qilgani, yordam bergani faoliyatimning ilk daqiqalarida men uchun juda foydali bo'lgan.

Shuningdek, Andres Inesta va Xavini, shuningdek, Mayamida men bilan birga o'ynagan uch kishini - Buskets, Alba, Luis Suaresni e'tirof etgan bo'lardim. Ularning barchasi mening do'stlarim", - deya Messining so'zlarini keltiradi Give me Sport nashri.