"Barselona" Chempionlar Ligasi yarim finalida "Inter"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi (3:3, 3:4).

Shundan so'ng Hans-Diter Flik jamoasi "Real"ni mag'lub etib (4:3), La Ligada chempionlikka yaqinlashdi. "El-klasiko"dagi g'alabadan so'ng, vinger Lamin Yamal Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizligini esladi.

"Onamga Chempionlar Ligasi har yili o'tkazilishini aytdim. Uni yutmagunimizcha kurashishda davom etamiz," - dedi Yamal o'yindan keyingi intervyusida.