"Inter Mayami" o'tgan olti o'yindan faqatgina bittasida g'alaba qozondi.

Xaver Maskerano boshchiligidagi jamoa MLS muntazam chempionatida "San-Xose" bilan durang o'ynadi (3:3).

Florida klubi barcha turnirlardagi so'nggi oltita o'yindan birida g'alaba qozondi. Bu oraliqda jamoa 17 ta gol o'tkazib yubordi.

Ayni vaqtda "Inter Mayami" 12 o'yinda 22 ochko to'plagan holda Sharqiy konferentsiya turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.

Jamoa mavsumni 19 may kuni konferentsiyada oltinchi o'rinda borayotgan "Orlando Siti"ga qarshi o'yin bilan mavsumni davom ettiradi.