"Real" "Barselona"ning La Ligadagi g'alabasi munosabati bilan xabar yubordi.

Xansi Flik jamoasi 36-turda "Espanol"ni mag'lub etib (2:0) chempionlikni naqd qildi. U mavsum tugashiga ikki tur qolganida madridliklardan 7 ochkoga oldinda bormoqda.

"Barselona"ni 2024/25 yilgi chempionatdagi g'alaba bilan tabriklaymiz," - deyiladi "Real" xabarida.