"Barselona" 2018 yildan beri derbida mag'lub bo'lmayapti.

Xans-Diter Flik jamoasi bugun La Liganing 36-turida o'z maydonida "Espanol" mehmoni bo'lib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Oxirgi marta "to'tiqushlar" 2018 yilning yanvarida Ispaniya Kubogida "blaugrana"ni mag'lub etgandi - 1:0. O'shandan beri "Barselona" ular ustidan 8 ta g'alaba qozondi, yana 4 ta o'yin durang bilan yakunlandi.