"Barselona" futbolchisi Robert Levandovski faoliyatida 13-marta mamlakat chempioni bo'ldi.

Kataloniya klubi bilan birgalikda 36 yoshli polyak La Ligada g'olib chiqdi.

Bu hujumchi faoliyatidagi 31-sovrin bo'ldi. U Polshaning "Lex" jamoasida uchta, Dortmundning "Borussiya"sida 4 ta, "Bavariya"da 19 ta va "Barselona" futbolchisi sifatida 5 ta chempionlikni qo'lga kiritgan.

Levandovski bir marta Polsha chempioni bo'lgan, o'n marta Germaniya chempionatida g'olib chiqqan va ikkinchi marta Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi.