
"Barselona" vingeri Lamin Yamal La Liganing joriy mavsumida 21 ta golli harakat amalga oshirish ko'rsatkichiga erishdi.
17 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar"ni muddatidan oldin chempion bo'lishga yaqinlashtirdi va 53-daqiqada uzoq burchakni aniq nishonga olib, "Espanol" darvozasini ishg'ol qildi. Bu Yamalning joriy mavsumda chempionatda 33 ta o'yinda kiritgan sakkizinchi goli bo'ldi, shuningdek, vunderkind 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar 0