"Barselona" futbolchisi Lamin Yamal klubning sobiq super yulduzlari bilan taqqoslash haqida gapirdi.

17 yoshli vinger La Liganing 36-turidan o'rin olgan "Espanol"ga (2:0) qarshi o'yinda gol va samarali uzatma bilan katalon grandiga muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirishga yordam berdi.

- Sen Ronaldinoning tabassumini "Barselona"ga qaytarib berding, sen Neymar kabi o'ynayapsan va agar barqaror bo'lsang, Messi qancha sovrin yutgan bo'lsa, shuncha sovrin yutib olasan.

- Men o'z muvaffaqiyatlarimga erishishni, o'zim bo'lishni istayman. Men o'z hikoyamni yozishni xohlayman," - deya Laminning javobini keltiradi Barca Universal.