"Barselona" vingeri Lamin Yamal "Espanol" (2:0) ustidan qozonilgan g'alaba va muddatidan avval La Liga chempionligidan so'ng intervyu berdi.

Derbidagi g'alaba Xans-Diter Flik jamoasiga Ispaniya chempionati oltin medalini kafolatladi. 17 yoshli Yamal muvaffaqiyatning asosiy ijodkorlaridan biri va chempionlik o'yinida uning hissasi hal qiluvchi bo'ldi - gol va samarali uzatma.

"Barselona" muxlislariga aytmoqchimanki, bu hali boshlanishi. G'alabalardan charchab bo'lmaydi. Bu g'oya miyamga o'rnashib qolgan," - deya yosh yulduzning so'zlarini keltiradi ispan OAV.