"Barselona" vingeri Rafinya Dias jamoasining La Ligadagi chempionligi haqida fikr bildirdi.

"Ko'k-anorranglilar" mavsum yakunlanishiga ikki tur qolganida "Espanol"ni mag'lub etib (2:0), muddatidan avval masalani hal qilishdi.

"Yanvar oyida ba'zilar La Ligada faqat uchinchi o'rin uchun kurashishimizni aytishdi, ammo biz o'zimizga ishondik," - deya Rafinyaning intervyusidan iqtibos keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.