
"Barselona" payshanba kuni kechqurun "Espanol"ni derbida 2:0 hisobi bilan engib, chempionlik unvonini qo'lga kiritdi. Kataloniyaliklar chempionat yakuniga ikki tur qolganida turnir jadvalining yuqori pog'onasida etib bo'lmas darajaga erishdilar.
Juma kuni "Barselona" chempionlik paradini o'tkazdi. Ispaniya ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, bayram tadbirlarida Kataloniya klubi muxlislari "Real" haqida haqoratli shiorlarni aytishdi.
"Real", ablahlar, chempionlarga salom yo'llang," - deb qichqirishgan muxlislar.
Ta'kidlash joizki, "Barselona" va "Real" muxlislari asosiy raqibiga nisbatan "muhabbat"ni bunday tarzda ifodalash holatlari tez-tez uchrab turadi.
Fikrlar 0