"Barselona" darvozabon pozitsiyasini zudlik bilan kuchaytirishni rejalashtirmayapti.

So'nggi paytlarda mish-mishlarga ko'ra, Kataloniya grandi turli darvozabonlarga qiziqish bildirmoqda. Shunga qaramay, Diario Sport xabariga ko'ra, "Barsa" yangi darvozabonga mablag' sarflashni istamayapti, shuning uchun ular Mark-Andre ter Shtegen va Voytsex Shesniga ishonmoqda. Polyak shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan taqdirdagina yangi darvozabon masalasi ko'rib chiqiladi.

Voytsex Shesnining "Barselona" bilan amaldagi mehnat shartnomasi iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Mark-Andre ter Shtegen kelishuvi 2028 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.