"River Pleyt" klubi yarim himoyachisi Franko Mastantuono faoliyatini davom ettirish uchun ma'qul bo'lgan joyni aniqlab oldi.

17 yoshli futbolchi uchun Evropaning top-klublari anchadan beri kurash olib bormoqda. El Nacional nashri tarqatgan xabarga ko'ra, Mastantuono Angliyaning "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublariga o'tishdan voz kechadi, chunki u "Barselona" yoki Madridning "Real" klubiga o'tish variantini ma'qul ko'radi.

Transfermarkt portali hujumkor yarim himoyachining narxini 15 mln evroga baholamoqda, shartnomada ko'rsatilgan tovon puli esa 45 mln evro atrofida.