"Barselona"ning sobiq futbolchisi Ronaldino kataloniyaliklar va "Real" o'rtasidagi raqobat haqida fikr bildirdi.

"Barselona" va "Real" - yuqori saviyali futbolchilarga ega ikkita ajoyib jamoa. Bu mavsumda "Barsa" barcha o'yinlarda "Real"ni mag'lub etdi. Umid qilamanki, bu shunday davom etadi", - deya Ronaldino so'zlarini keltiradi Marca.

Joriy mavsumda "Barselona" va "Real" to'rt marta to'qnash kelishgan. Barcha o'yinlarda “ko'k-anorranglilar” g'olib bo'lishdi.