"Barselona"ning chap qanot himoyachisi Aleks Vale doimiy ravishda "Komo"ga o'tadi, deydi insayder Fabritsio Romano.

Italiya klubi futbolchini 6 million evroga sotib olish variantini faollashtirdi.

"Komo" yanvar oyida Valeni "Barselona"dan ijaraga olgandi. U mavsumning birinchi yarmini “Seltik”da o'tkazdi.

Joriy mavsumda u 33 ta o'yinda 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.