Ronaldino Vinisius Juniorga "Oltin to'p" berilmaganini adolatsizlik deb atadi.

2024 yilda sovrin "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodriga nasib etdi. Ovoz berishda braziliyalik ikkinchi o'rinni egalladi.

- Vinisiusning "Oltin to'p"siz qolgani adolatsizlikmi?

- Ha. Chunki u ko'p yillardan buyon eng muhim turnirlarda ustunlik qilib, Chempionlar ligasi finallarida hal qiluvchi gollar urib, g'alaba qozonib kelmoqda. U "Oltin to'p"ga loyiq edi" - dedi "Barselona" va Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldino Marca nashriga.