"Barselona" sport direktori Deku vinger Lamin Yamal bilan shartnoma tez orada uzaytirilishi haqida gapirdi.

U Yamal jamoaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi maqomini so'ragani haqidagi ma'lumotni rad etdi.

"Yamal jamoaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi bo'lishni so'ramagan. Bu to'g'ri ma'lumot emas. U shunchaki bu erda baxtli bo'lishni xohlaydi.

Men uchun u 17 yoki 26 yoshdami, farqi yo'q. Men uchun muhimi, shartnoma unga mos bo'lishi kerak. Gap eng ko'p maosh oluvchi futbolchi bo'lishda emas.

Muhimi, u baxtli bo'lishi kerak", - dedi Deku.