"Faoliyatim davomida ko'plab gollar urganman. Lekin bular orasidagi eng muhimi, qadri balandi EChLda "Manchester Yunayted" darvozasiga bosh bilan urgan golim", - dedi argentinalik.

Bu golni Messi 2009 yilgi EChL finalida "Barselona"da o'ynab yurgan paytlarida kiritgan. O'shanda jamoasi 2:0 hisobida g'alaba qozongandi.

Rassom Refik Anadol sun'iy intellekt yordamida ushbu golni san'at darajasiga olib chiqadi va 11 iyun kuni auktsionda sotiladi. Bunda tushgan mablag' hayriyaga yo'naltiriladi.