"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes futbolda nimalarga erishishni orzu qilayotgani haqida gapirib berdi.

Joriy mavsumda 22 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar" safida La Liga, Ispaniya kubogi va mamlakat Superkubogi g'olibi hamda Chempionlar ligasi yarim finalchisi bo'ldi.

"Men ko'proq nimani orzu qilaman? Chempionlar ligasi va jahon chempionatida g'olib chiqmoqchiman," - deya futbolchining javobini keltiradi Barca Universal.