"Aston Villa" hujumchi Ferran Torres uchun "Barselona"ga 50 mln evrolik taklif tayyorlamayapti, bu haqda avvalroq ingliz OAVlari yozgan edi. Bu haqda Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Birmingem klubi 25 yoshli futbolchiga chindan ham qiziqish bildirmoqda, ammo uning uchun 50 mln evro to'lashga tayyor emas. Torresning "Aston Villa"ga o'tishi hujumchining o'zi "ko'k-anorranglilar" safini tark etishni istamasligi bilan murakkablashmoqda.

Torres joriy mavsum barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol va ettita assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.