Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Ansu Fati faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Sport nashri xabariga ko'ra, 22 yoshli ispaniyalik forvard xizmatlariga "Monako" qiziqish bildirmoqda. Frantsuz klubi yozda "ko'k-anorranglilar" asosiy tarkibiga kira olmagan Fati sotib olishga tayyor.

Hozirda Fati 5 million evroga baholanmoqda. Uning 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnomasi bor.