
"Barselona" vingeri Lamin Yamal amaldagi shartnomasiga ko'ra mavsumiga 1,7 million evro maosh oladi.
17 yoshli ispaniyalik futbolchi maosh bo'yicha jamoada 20-o'rinni egallab turibdi.
Insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, yangi hamkorlik shartnomasi imzolangandan so'ng yarim himoyachi bonuslarni hisobga olmaganda yiliga 9 million evro oladi. Bu uning hozirgi ishlayotganidan 5 baravar ko'p.
Qayd etish kerakki, Yamal hozirgacha eng qimmat “Barselona” futbolchisi hisoblanadi. U 180 million evroga baholangan.
Fikrlar 0