"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Xabining "Real" bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida fikr bildirdi.

Yakshanba kuni "qirollik" klubi Alonsoning yaqin orada kelishini rasman e'lon qildi.

"Men Xabi bilan bir necha bor gaplashganman. U menga yoqadi, uning falsafasi bilan tanishman. U Germaniyada katta muvaffaqiyatlarga erishdi", - dedi Flik.

Xabi Alonso bu lavozimda 2021 yildan beri ishlab kelayotgan Karlo Anchelotti o'rnini egallaydi.