"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski jamoaning yakunlangan mavsumdagi o'yiniga baho berdi.

Xans-Diter Flik shogirdlari La Ligada g'olib chiqdi, shuningdek, Ispaniya kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi.

"Biz mukammal mavsum o'tkazishga yaqin edik, ammo bu futbol. Keyingi safar yana urinib ko'ramiz", - deya Levandovski so'zlarini keltiradi Barca Universal.

La Liganing so'nggi turida “Barselona” Bilbaoning “Atletik” klubini mag'lub etdi (3:0).