"Maydonda o'z ishini juda yaxshi bajaradigan odamni ko'rish – bu shunchaki ajoyib. Uning o'yinini tomosha qilishdan zavqlanamiz.

Lamin Yamalning "Inter"ga qarshi ikkinchi bo'limi... Hayotimda bunaqasini ko'rmaganman", – dedi frantsiyalik.

Lamin Yamal joriy mavsum 55 o'yin o'tkazib, 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u klub bilan 3 ta titul – Ispaniya chempionati, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi.

17 yoshli vinger uchun mavsum hali tugamadi. U 6 iyunga o'tar kechasi Ispaniya terma jamoasi safida UEFA Millatlar Ligasi yarim finalida Frantsiyaga qarshi o'ynaydi.