
"Barselona"da darvozabon Voytsex Shesnining kelajagi bo'yicha qaror qabul qilindi. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, tez orada 35 yoshli polyak kataloniyaliklar bilan shartnomasini uzaytiradi.
Manbaga ko'ra, Shesni bilan shartnomani uzaytirish masalasida faqat rasmiyatchilik qolmoqda. Polshalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" safida o'ynashda davom etadi.
"Barselona" oktyabr oyida Mark-Andre ter Shtegenning og'ir jarohatidan ko'p o'tmay, Voytsex Shesni bilan shoshilinch ravishda shartnoma imzoladi. Shesni o'shandan beri "ko'k-anorranglilar" safida 30 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 36 ta gol o'tkazib yuborgan.
Fikrlar 0