
Goal portali Chempionlar ligasi finalidan so'ng 2025 yilda "Oltin to'p" uchun kurashda favoritlar reytingini yangiladi.
Reytingda birinchi o'rinda "PSJ" hujumchisi Usmon Dembele joylashgan. Frantsiyalik futbolchi mavsumni ajoyib o'tkazdi va jamoasiga to'rtta chempionlik – Frantsiya chempionati, Frantsiya kubogi, Frantsiya Superkubogi va Chempionlar ligasida g'alaba qozonishiga yordam berdi.
Ikkinchi va uchinchi o'rinlarda "Barselona" vingerlari Lamin Yamal va Rafinyalar joylashgan. "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh to'rtinchi o'ringa ko'tarildi. Keyingi o'ntalikka Kilian Mbappe, Desire Due, Xvicha Kvaratsxeliya, Ashraf Hakimiy, Pedri va Xarri Keyn kiritildi.
Fikrlar 0