Ibraima Konate Lamin Yamalni futbol dahosi deb atadi.

- Yamalni qanday to'xtatish kerak?

- Men o'zimga bu savolni bermaganman. U futbol dahosi. U bu mavsumda ajoyib o'yin ko'rsatdi.

Agar siz birma-bir o'ynasangiz, uni to'xtatish qiyin. Shuning uchun ham futbolni 11 kishidan iborat jamoa o'ynaydi.

Bu "Yamal"ga qarshi emas, Ispaniyaga qarshi o'yin bo'ladi", — dedi "Liverpul" va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi.

5 iyun kuni Millatlar ligasi yarim finalida Frantsiya Ispaniyaga qarshi o'ynaydi.