Isko 2019 yildan beri o'ynamagan Ispaniya terma jamoasiga yaqinda qaytdi.

Millatlar ligasi yarim finalida Frantsiyaga qarshi o'yin oldidan “Betis” etakchisi matbuotga ko'p gapirdi, jumladan, “Qizil furiya”ning eng mashhur futbolchisi Lamin Yamal haqidagi savollarga javob berdi.

"Lamin endigina 17 yoshda, o'g'lim esa 11 yoshga to'lyapti. Balki tez orada ular bir jamoada o'ynashlari mumkin", - dedi 33 yoshli Isko.

Ispaniya va Frantsiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv payshanba kuni bo'lib o'tadi.