Ispaniya terma jamoasi vingeri Niko Uilyams Lamin Yamalning "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishini xohlaydi.

Ispaniya terma jamoasi yarim finalda Frantsiyani 5:4 hisobida mag'lub etib, Millatlar ligasi finaliga chiqdi.

Frantsiya bilan o'yin haqida:

"Bu juda og'ir o'yin bo'ldi. Ikkala jamoa ham juda yaxshi, ammo biz finalga chiqdik va asosiysi shu".

Beshta gol va ispaniyalik hujumchilar haqida:

"Bizda ajoyib jamoa bor. Hujumda biz gol urish va paslar berishda juda yaxshimiz. Biz juda yuqori saviyadamiz, Lamin, men, Oyarsabal va boshqa jamoadoshlarimiz"

Oyarsabalning gol va uzatmasida haqida:

"Men o'yindan oldin Mikel bilan bu vaziyatlar haqida gaplashdim va u menga yaqin turishimni, imkonim bo'lganda yugurishni boshlashimni aytdi. U juda aqlli, u meni juda yaxshi ko'rdi va faqat hujumni yakunlashim kerak edi".

Laminning ikkita goli haqida:

"Umid qilamanki, u har doimgidek kamtarlik bilan ishlashda davom etadi va unga "Oltin to'p"ni yutishini tilayman", - dedi ispaniyalik vinger Teledeporte nashriga.