
"Barselona" hujumchi Ansu Fatini "Monako" sotib olishga qaror qilgan taqdirda ham o'z safiga qaytarishi mumkin.
Frantsuz klubi ispaniyalik futbolchini 14 mln evroga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olishni yakunlamoqda. Bundan tashqari, Diario Sport xabariga ko'ra, kelishuvga futbolchini 28 mln evroga birinchi navbatda qayta sotib olish optsiyasi ham kiritiladi, "Barselona" agar kerak deb hisoblasa, kelgusida undan foydalanishi mumkin.
Ansu Fatining ayni damdagi narxi Transfermarkt portali tomonidan 5 mln evroga baholanmoqda. O'tgan mavsum davomida 22 yoshli futbolchi bor-yo'g'i 11 marta maydonga tushdi va "ko'k-anorranglilar"ning gollarida ishtirok etmadi.
Fikrlar 0