Kataloniyaning "Barselona" klubi muxlislari klub prezidenti Joan Laporta bilan uchrashdi.

Diario Sport xabariga ko'ra, muxlislar Laportaga "Atletik" vingeri Niko Uilyamsning yozda transfer qilinishi mumkinligi haqidagi savollar bilan "hujum" qilishgan, biroq funktsioner ispaniyalik futbolchi haqida gapirishdan bosh tortgan.

Joriy mavsumda 22 yoshli Uilyams barcha turnirlar hisobida 45 ta o'yinda maydonga tushdi, 11 ta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi.