Kataloniyaning "Barselona" klubi futbolchilari 2025/26 yilgi mavsumga qachondan tayyorgarlikni boshlashi haqida ma'lumot berildi.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, Xans-Diter Flik boshchiligida "ko'k-anorranglilar" 13 iyul kunidan boshlab yangi mavsum hozirligini ko'radi.

Klub mavsumoldi safarini Osiyoga (Yaponiya) qilishni rejalashtirgan.