
Germaniyalik darvozabon Mark-Andre ter Shtegen OAVdagi turli mish-mishlarga qaramay, yozda Kataloniyaning "Barselona" klubini tark etishni rejalashtirmayapti.
Marca gazetasi jurnalistlarining xabar berishicha, 33 yoshli posbon takliflarni qabul qilmoqchi emas va yangi jamoa qidirmayapti. Ter Shtegen kelasi mavsumni "ko'k-anorranglilar" safida boshlashga bel bog'lagan.
Eslatib o'tamiz, Mark-Andre o'tgan mavsumda jarohati sabab bor yo'g'i 9 ta o'yin o'tkazgan edi. Germaniyalik futbolchi 11 ta gol o'tkazib yubordi, bir o'yinda esa darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Avvalroq, matbuotda tajribali darvozabonga Istanbulning "Galatasaroy" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar 0