"Atletik" vingeri Niko Uilyamsning "Barselona" bilan imzolashi mumkin bo'lgan shartnomasi tafsilotlari haqida ma'lumot paydo bo'ldi.

Foot Mercato nashrining yozishicha, "Barselona" futbolchi bilan shaxsiy mehnat shartnomasi shartlari bo'yicha dastlabki kelishuvga erishgan. Manbaga ko'ra, Niko Uilyamsning "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan. Ish haqiga kelsak, 22 yoshli ispaniyalik yiliga 12 million evro maosh oladi, deya ta'kidlaydi manba.

Uilyams joriy mavsumda barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 45 ta uchrashuvda qatnashib, 11 ta gol urdi va ettita samarali uzatma muallifiga aylandi.